Авторизация
Sardor Mamadaliyev - Bir kecha (remix)

Sardor Mamadaliyev - Bir kecha (remix)

Sardor Mamadaliyev - Bir kecha (remix)
  • Слушали: 133
  • Размер: 6.83 MB
  • Длительность: 2:59
  • Качество: 320 kbps
  • Опубликовано: 2023-11-28 15:27:38
Слушать песню
Скачать песню
Скачать песню Sardor Mamadaliyev - Bir kecha (remix) в mp3 или слушать онлайн бесплатно
Текст песни
Yulduzli kechada to’lib iforing,
Kuygan yuragimning taftini olgin.
Meni tutaverar sening xumoring,
Ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin.

Ertani ko’rish yo’q ham ortga qaytish,
Xayolga ergashib, telbadek daydish,
Hech kimga aytish yo’q, hech kimga aytish,
Ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin.

Maylida, shu oqshom yilga aylansin,
Orzularim oppoq gulga aylansin,
Ko’nglim armonlari kulga aylansin,
Ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin.

Bir kecha, bir kecha, bir kecha qolgin,
Ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin.
Hech kimga aytish yo’q, hech kimga aytish,
Ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin.

Kulbamni yoritsin yuzlaring shami,
Labimdan ketmasin bo’salar ta’mi
Bo’lardi umrimning eng shirin dami,
Ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin.

Iltijo qilaman, chiqma, deb kunga,
Ohimdan osmonlar to’lsin tutunga,
Alishaman qolgan umrim shu tunga,
Ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin.

Maylida, shu oqshom yilga aylansin,
Orzularim oppoq gulga aylansin,
Ko’nglim armonlari kulga aylansin,
Ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin.
Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив